Ushbu chellenjdan maqsad talaba-yoshlarning korrupsiya bo'yicha bilimlarini yanada oshirish, korrupsion jarayonlar va ularning ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olish, universitet xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishdan iborat.
Kibersportning PUBG Mobile turi bo‘yicha universitetimizda musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda 4 nafar o‘yinchidan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin, jamoalar soni cheklanmagan. Ishtirokchilar ro‘yxati shakllangan jamoalar quyidagi ma’lumotlarni yig‘ib ro‘yxatdan o‘tish manziliga (https://forms.gle/66kyGkuPpdUUVSdf7) yuborishingiz so‘raladi:
Universitet talaba-yoshlari o‘rtasida reproduktiv sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligining oldini olish, shaxsiy gigiyena, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi yomon illatlar va ularning inson organizmiga ta’siri haqida tushunchaga ega bo‘lish, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasiga qaratilgan “Biz–sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Musobaqalar 6 va 7-dekabr kunlari TATU sport majmuasida o‘tkaziladi.
Konstitutsiya kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni keng nishonlash doirasida maxsus tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur doirasida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etilmoqda.
Ushbu vaucher Universitet talabalariga jahonning yetuk IT kompaniyalari va ilg‘or oliygohlari tomonidan Coursera platformasida mavjud kurslaridan bepul foydalanish imkonini beradi.