Yangiliklar

TATUning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan universitetda faoliyat yurituvchi lider ayollarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Menu | 06-12-2024 | 10:00

Muloqotda mamlakatimizda yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilgan shart-sharoit, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. O‘z mehnat faoliyati borasida so‘z yuritgan ayollar erishgan yutuqlari haqida va kasb tanlash ham saodat ekanligini alohida ta’kidladilar.

TATU va O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (MTRK) o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanmoqda!

Menu | 06-12-2024 | 09:44

TATU delegatsiyasi va MTRK rahbariyati o‘rtasida o‘quv, ilmiy-amaliy hamkorlik masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TATUning Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Menu | 04-12-2024 | 09:42

Mazkur tadbirda kafedra mutaxassislari tomonidan berilgan izohlar talabalarda Konstitutsiyaning huquqiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini yanada chuqur anglashlariga xizmat qildi.

Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi 2025/2026 o‘quv yilida Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga bepul asosda (grantlar hisobidan) o‘qishga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan hujjatlarni qabul qiladi.

Menu | 04-12-2024 | 09:37

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan chet el fuqarolari uchun o‘quv grantlari orqali ta’lim olish uchun stipendiya tayinlanadi, ta'lim muassasasining yotoqxonasida o'qish muddati uchun joy taqdim etiladi.

TATUga Xitoyning nufuzli “Xinyada” IT kompaniyasi bosh direktori Zeng Botao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Menu | 03-12-2024 | 11:11

Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo’shma dasturni yo’lga qo’yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi

2-dekabr kuni TATUda Huawei ICT Competition 2024-2025 AKT tanlovi milliy final bosqichi finalchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Menu | 03-12-2024 | 11:09

O'zbekistonning 4 nafar OTMlari, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Turin politexnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutidan jami 9 nafar talaba Networking, Cloud, Computing yo'nalishlarida tanlov finalchisi bo‘ldi, quvonarlisi mazkur 5 nafari TATU talabalari hisoblanadi.