Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda “Uzbekistan airways technics” MCHJ kompaniyasi hamkorlikda, talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning tajribalarini boyitish, real ish muhitida amaliy bilimlarga ega bo‘lish va stajirovka o'tashlariga imkon yaratish maqsadida, Dasturiy injiniring, Kompyuter inkiniringi va Radio va mobil aloqa fakulteti talabalari uchun maxsus amaliy tashrif tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri — Sherzod Xotamovich Shermatovni tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etamiz.
📌 Kurs davomiyligi 2 oy va siz quyidagi bilimlarga ega bo‘lasiz! 🔴 Tarmoq administratorligi: (Cisco qurilmalari asosida LAN, routing & switching); 🔴 Xavfsizlik tizimlari CCTV: (Hikvision domofon, IP va Analog kameralar); 🔴Zamonaviy kompyuterlarni yig‘ish: (CPU, GPU, Motherboard, SSD, HDD, RAM).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha olimpiadaning universitet bosqichi tashkil etilmoqda.
2026-yil 2–4 aprel kunlari Samarqand shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari hamda 20 dan ziyod davlatlardan tashrif buyurgan xorijiy talabalar — jami 500 ga yaqin ishtirokchilar ishtirokida “Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — yorqin kelajak!” shiori ostidagi TATU – Samarqand baynalmilal forumi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur homkorlik doirasida joriy yilning 6-aprel sanasida Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti yetakchi professorlari Dr Pratheepan Yogarajah va Dr. Faisal Jamil ishtirokida universitetimizda seminar-trening bo‘lib o‘tadi.