Ushbu ko'rgazmada Televizion texnologiyalar fakultetining talaba-yoshlari eng sara rasmlari bilan "Eng yaxshi rasmlar ko'rgazmasi"da qatnashdilar.
Mazkur musobaqaning 1-kunida TATU jamoasi Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 6:1 hisobida g'alaba qozondi!
Dastur doirasida dunyoning 3 mintaqasidan 80 ga yaqin jamoalar real mavjud dunyodagi muammolar va muhandislik yo‘nalishidagi Ideaton musobaqada ishtirok etishadi. Mahalliy va Xalqaro kompaniyalar va hamjamiyatlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar ustida ishlashga asoslangan ushbu dastur, qatnashuvchilar orasida optimal yechimlarni aniqlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Master-klassda kinooperator, professor Bazarbayev Batir Joldasovich, o'qituvchi, doktorant Mehriban Jaumitbayeva va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti TTF talabalarimiz ishtirok etdilar.
E’tiborlisi shundaki, selfi zona deb atash mumkin bo‘lgan ushbu hududda nafaqat vaqtni bilish, rasmga tushish, balki soat raqamlari o‘rniga o‘rnatilgan, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan kitoblarning elektron variantini QR kod orqali yuklab olish ham mumkin.
Mazkur memorandumdan maqsad - Universitetimiz talabalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, nazariya va amaliyotni uzviy bog‘lagan holda korxona va tashkilotlar talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish hisoblanadi.