Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari ishtirokidagi Qadimiy va betakror Xorazmda 11-13-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Olimpiya ruhi - ilhom manbai, Paralimpiya - cheksiz iroda!” shiori ostidagi “Sog‘lom inson - sog‘lom millat – Urganch 2025” forumiga start berildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kompyuter injiniringi fakulteti va Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Ma’lumotlar bazasi” fanidan fan olimpiadasi tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) rektori Baxtiyor Maxkamov va rahbariyat a’zolari Yunusobod tumanida ijarada istiqomat qilayotgan Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari yashayotgan manzillarga tashrif buyurdi.
8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun yorqin va kutilgan TUIT Party (TATU taronalari) musiqiy festivali bo‘lib o‘tdi.
5–6-aprel kunlari Urganch shahrida REVO DAY 2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan REVO CUP musobaqasi esa yosh dasturchilar va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar uchun haqiqiy mahorat sinoviga aylandi.
TATUda “Ruhiy zoʻravonlik va emotsional manipulatsiya” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi