2025-yil 15-martdan 15-aprel kunigacha mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida FVB xodimlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘z ishini boshladi. Anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov hamda Malayziya davlatining MyRAS (Malaysia Robotics and Automation Society) jamiyati raisi Dr. Zailani Bin Safari ochib berdi.
Joriy yilning 12–13-aprel kunlari Toshkent shahrida Armrestling sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.
Sizlarni, 15-aprel kuni, LG Electronics kompaniyasining maxsus Workshop tadbiriga taklif etamiz!
Universitetimiz ilmiy va pedagogik faoliyat doirasida jahonning bir qator nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Ana shunday xalqaro hamkorlik doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining 2-bosqich magistratura talabalari 2025-yil 31-martdan 12-aprelgacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida stajirovka o‘tadilar.
Sizni 15-aprel kuni Universitetda, Ucell kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tadigan seminar-uchrashuvga taklif qilamiz!