Bugun Farg‘ona shahri nafaqat texnika, balki raqamli innovatsiyalar va yoshlar salohiyatining markaziga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025” Respublika chempionatining final bosqichi 23-iyun kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.
Belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy yilning 16-iyun sanasidan boshlab Dasturiy injiniring fakulteti 3-bosqich talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyoti boshlandi.
Bektemir tumanidagi maktab va texnikumlarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, bu borada o‘qituvchi va o‘quvchilarga yanada keng imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha masalalar ham kelishib olindi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida barqarorlik va yashil muhit g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida navbatdagi tanlovga start beriladi!
Ushbu innovatsiyalar tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrantlari o‘z innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.
Janubiy Koreyaning Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) tomonidan 7-iyuldan 25-iyulgacha TATUda “Kompyuter grafikasi” va “Koreys madaniyati” darslari tashkil etilmoqda.