Joriy yilning 28-29 va 30-mart kunlari Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazida o‘tkazilgan "Worldskills Uzbekistan-2022" 3-milliy ishchi kasblari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-bosqich talabasi Xaydarov Suxrob faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib Shanxayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro "Worldskills" musobaqasiga yo‘llanma olganlar qatoridan joy oldi.
Joriy yilning 2-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti Fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Yunusobod tumanidagi 271-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Fizika fanidan mahorat darslari tashkil etildi.
Anjumanda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetidan professor O’tkir Hamdamov o‘z hisobotlari bilan chiqdi.
AKT vazirligi tomonidan tashkil etilgan Navroʼz sayli katta bayramga aylandi video
Boʼsh ish oʼrinlar yarmarkasi, ikki avlod uchrashuvi hamda “Аssalom, Navroʼz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-TTJda talaba qizlar darsdan tashqari bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazish, ularning xunar o'rganishiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Qizlarjon" klubi qoshida tikuvchilik to'garagi tashkil etildi. Ushbu to'garakning asosiy maqsadi universitetda tahsil olayotgan qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan.