Yangiliklar

Bugun, 13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining “FamilySearch” nodavlat notijorat tashkiloti Yevropa bo‘yicha strategik biznes-menejeri Tomas Hengst tashrif buyurdi.

Menu | 16-01-2026 | 10:24

FamilySearch — dunyo bo‘ylab milliardlab tarixiy hujjatlarni (tug‘ilish, nikoh, o‘lim, aholi ro‘yxatlari va boshqalar) o‘zida jamlagan, oilaviy tarixni o‘rganishga mo‘ljallangan xalqaro platforma hisoblanadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Psixologik konflikt — o‘sish sari bir qadammi yoki to‘siq?” mavzusida seminar-o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Menu | 14-01-2026 | 10:21

Ishtirokchilar konfliktlarni to‘g‘ri anglash, konstruktiv boshqarish, emotsional regulyatsiya hamda adaptiv koping strategiyalari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Ilmiy-amaliy stajirovka: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar

Menu | 13-01-2026 | 10:31

Malayziyaning Sultan Idris Pendidikan universitetida Markaziy Osiyo o‘qituvchilari uchun Kasbiy rivojlanish bo‘yicha trening bo’lib o’tmoqda.

TATUda yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi!

Menu | 12-01-2026 | 10:27

Imtihonlar 12–24-yanvar kunlari an’anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tadi.

“Milliy armiya - ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib o‘tdi.

Menu | 12-01-2026 | 10:25

Tadbirni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti birinchi prorektori D.Yaxshibayev ochib berdi.

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?

Menu | 10-01-2026 | 10:05

Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga ma’lum qilinadi.