Yangiliklar

TATU talabalarining ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida "Talabalarda uchraydigan assotsial xulq-atvor sabablari va omillari" mavzusida tyutorlar uchun psixologik seminar trening tashkil etildi.

Menu | 08-01-2025 | 09:08

Unda Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassis psixoterapevti tomonidan mavzuga atroflicha toʻxtalib, kerakli tavsiyalar berildi.

TATU talabasi yilning eng zo'r kibersportchisi!

Menu | 06-01-2025 | 17:04

Talabamiz Muhammadali Botirov Kibersportning Pubg Mobile turi bo'yicha yilning eng yaxshi o'yinchisi sifatida e'tirof etildi.

TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri to‘rt oy davom etgan malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

Menu | 06-01-2025 | 16:56

Ushbu dastur orqali TATU dotsenti AQSHning yetakchi universitetida ta’lim jarayonida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish va baholash metodologiyalari bo‘yicha xalqaro tajribaga ega bo‘ldi, shuningdek ta’lim sohalari bo‘yicha egallangan bilimlarini mustahkamlab, yangi o‘quv materiallar shakllantirish boʻyicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Oʼzbekkosmos: Xalqaro astronavtika federatsiyasi yoshlar uchun grant dasturini eʼlon qildi!

Menu | 03-01-2025 | 11:38

Mazkur global forumda oʼzbek talabalari va mutaxassislari ham maxsus “IAF Emerging Space Leaders” grant dasturi asosida ishtirok etishlari mumkin. Bu eksklyuziv imkoniyat sizga Аvstraliyaning Sidney shahrida xalqaro kongressda bepul qatnashish imkoniyatini taqdim etadi.

Hurmatli  professor-o‘qituvchilar va TATU xodimlari! Qadrli talabalar!

Menu | 31-12-2024 | 21:51

YANGI YILINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Yangi Oʻzbekistonda hech qaysi talaba e'tiborsiz qolmaydi!

Menu | 31-12-2024 | 18:00

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga bayramona shukuh bagʻishlash maqsadida Yangi yil bayrami tadbiri tashkil etildi.