💐 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahrida “Olima ayollar – e’tiborda” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir, jumladan, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi o‘tkazilgan “Olima ayollar - 2024” tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari joriy yilning 10-fevral sanasida Chilonzor tumanida joylashgan politexnikumning oʻqituvchi va o‘quvchilari ishtirokida Prezidentiimizning PF 158-sonli farmoni: "Oʻzbekiston - 2030" Strategiyasining mazmun mohiyati bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
11-fevral - "Xalqaro ilm-fandagi ayol va qizlar" kuni bilan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi bayramga aloqador barcha xotin-qizlarni jumladan, universitetda faoliyat yuritayotgan olima ayollarni chin yurakdan tabriklaydi!
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.
“Milliy liboslar –milliy qadriyatlar bezagi” shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025-yil 11-fevral “Milliy liboslar kuni“ deb e’lon qilinadi.
Malayziyaning texnika sohasi bo'yicha eng nufuzli oliy ta'lim muassasasi hisoblangan Malakka texnika universiteti va TATU o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.